10:09 / 01.05.2018
5991

O‘zbekistonda Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etildi

Foto: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qaror bilan tashkil etilgan Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, shu jumladan nanotizimlar, nanomateriallar va nanotexnologiyalar sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, nanotexnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirishda qatnashish bilan shug‘ullanadi.

Markaz xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Top