09:52 / 02.05.2018
4321

AQShning 7 shtati noqonuniy muhojirlarni himoyalash dasturini bekor qilishga chaqirdi

Foto: GLOBAL LOOK PRESS

AQShdagi yettita shtat hukumati noqonuniy muhojirlarni himoyalash dasturini bekor qilish bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi. Bu haqda USA Today Texas shtati bosh prokurori Ken Pakstonga asosan xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, Pakston federal hukumatni sudga berib, noqonuniy muhojirlarni himoyalash dasturini bekor qilish talabi bilan chiqqan. Ta'kidlanishicha, Texasga Alabama, Arkanzas, Luiziana, Nebraska, Janubiy Karolina va G‘arbiy Virginiya ma'muriyati ham qo‘shildi.

«Texas yillar davomida federal ijro hokimiyatida noqononuniy muhojirlarga mamlakatda qonuniy jihatdan qolish va ishlash uchun ruxsatnoma olishni bir tomonlama kafolatlashga hech qanday vakolatlar yo‘qligini aytib keldi», - deyiladi Pakstonning bayonotida.

Prokuror «Kirib kelayotgan bolalar uchun kechiktirilgan harakatlar» dasturini bekor qilishga erishmoqchi, u mamlakatga yosh paytida kelgan noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishdan to‘xtatib qoladi.

Top