10:17 / 02.05.2018
13169
Buxoroda erkak xotinini bolta bilan urdi, so‘ng o‘ziga pichoq bilan jarohat yetkazdi
Illyustrativ foto

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 1 may kuni F.J. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i D.T.ning boshiga bolta bilan urib jarohat yetkazib so‘ng, o‘zining ko‘krak va chap qo‘l bilak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

Natijada F.J. va D.T. kasalxonaga yotqizilgan.

Top