10:41 / 02.05.2018
24688

Qozog‘istondan O‘zbekistonga 3 oy davomida qancha pul yuborilgani ma'lum

Foto: Kapital.kz

2018 yil yanvar-mart oylarida Qozog‘istondan pul o‘tkazmalari tizimi orqali O‘zbekistonga 12,4 milliard tenge (taxminan 37 million dollar) jo‘natildi, deya xabar bermoqda Qozog‘iston iqtisodiyotini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi Ranking.kz.

Shu davrda O‘zbekistondan Qozog‘istonga deyarli uch barobar kamroq - 4,4 milliard tenge (taxminan 13 million dollar) jo‘natildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 273,6 million dollar jo‘natilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top