15:02 / 03.05.2018
3990

Abdulaziz Komilov AQSh elchisini qabul qildi

Arxiv foto/TIV axborot xizmati

2018 yilning 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini rivojlantirish, jumladan, ikki mamlakat vakillari ishtirokida qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga doir amaliy masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh elchisi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga tashrif buyurgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top