15:48 / 03.05.2018
4447

Abdulaziz Komilov Song Yon Gil bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: TIV axborot xizmati

2018 yilning 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Song Yon Gil boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar beryapti.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va prezident Mun Chje In va Janubiy Koreyaning boshqa rahbarlari bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda bo‘lib o‘tgan koreyalararo sammit va uning muvaffaqiyatli yakunlari ko‘p jihatdan Koreya Respublikasining «Yangi shimoliy siyosati»ni bosqichma-bosqich va har tomonlama o‘ylab amalga oshirishi natijasida erishilgani ta'kidlandi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon U ham ishtirok etgan.

 

Top