12:42 / 03.05.2018
8824

AQSh Tramp prezidentligi davrida birinchi marta Guantanamodan mahbusni topshirdi

Foto: Thomas Watkins/Agence France-Presse - Getty Images

AQSh prezident Donald Tramp davrida birinchi marta Guantanamo qamoqxonasidan mahbusni uchinchi davlatga topshirdi. Bu haqda Pentagon vakili Sara Xiggins xabar berdi, deb yozyapti Reuters.

Mahkama Saudiya Arabistoniga Ahmad Muhammad Xaz ad-Darbini topshirgan.

«Qo‘shma Shtatlar o‘z harakatlarini Saudiya Arabistoni podshohligi bilan muvofiqlashtirdi, bu topshirish chog‘ida xavfsizlik standartlari hamda insonparvarlik tamoyillariga amal qilish uchun kerak bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi Xiggins.

Shu tariqa, Guantanamodagi mahbuslar soni 40 kishigacha kamaydi.

Top