07:24 / 03.05.2018
25173

Mirziyoyev Namangandagi ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yo‘qligini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Namangan viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mamlakatimizdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha barobar pastligi, ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yo‘qligini tanqid qildi.

Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholiga daromad manbalari yaratib berish, xususan, qariyb 60 ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganini ma'lum qildi.

Qayd etilgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Top