20:24 / 03.05.2018
10129

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘quv jarayoniga xorijiy professorlar jalb etilmoqda

Yevropa Ittifoqining xalqaro “Yerasmus+” dasturi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) hamda Xorvatiyaning Zagreb universiteti o‘rtasida xalqaro kredit mobillik loyihasi bo‘yicha mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

2017-2018 o‘quv yili aprel-may oylarida Xovatiyaning Zagreb universiteti professori Milan Mesich TIQXMMIga tashrif buyurdi. 

Professor Milan Mesich Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta'lim yo‘nalishi talabalariga sikl asosida “Improving the quality of natural water” ("Tabiiy suvlar sifatini yaxshilash") fanidan ma'ruza mashg‘ulotlarini ingliz tilida olib bormoqda.

Foto: TIQXMMI
Foto: TIQXMMI

Ma'ruza davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan suv sifatini yaxshilash zamonaviy usullari (chuchuklashtirish, yumshatish, stabillashtirish, temirsizlantirish)ni qo‘llash, suvni reagentli va reagentsiz tozalash, zamonaviy filtrlardan foydalanish, suv isrofgarchiligini oldini olishga doir ko‘plab savollarga mazmunli javob olishdi.

Foto: TIQXMMI

Bundan tashqari, professor Milan Mesich institutning Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Suv xo‘jaligi va melioratsiya  yo‘nalishida malaka oshirayotgan professor-o‘qituvchilari va tarmoq markazi xodimlariga “Agriculture in Craotia” (Xorvatiyaning qishloq xo‘jaligi), “Nitrogen Use in Agriculture and Impact of Water Quality” (Azotni qishloq xo‘jaligida qo‘llash va uni suv sifatiga ta'siri) va “Influence of nitrogen fertilization to subsurface drainage water quality” (Azotning oqava suvlariga ta'siri)   mavzularida muammoli ma'ruzalar o‘qidi. Uchrashuv savol-javob va munozalarga boy tarzda o‘tdi.

Foto: TIQXMMI

Ushbu muammoli ma'ruzada azotning zovur suvlariga yuvilib chiqib ketishi bo‘yicha ilmiy va amaliy ish olib borilgan tadqiqot natijalari to‘risida ma'lumotlar berildi. 

Foto: TIQXMMI

Ma'ruza yakuni savol-javoblarga boy bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, ma'ruzaning yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishiga yordam berdi. Professor Milan Mesich “Bugun sizlarga tushuntirgan ma'ruzam bu darajada qiziqarli va savol-javoblarga boy bo‘lishini xayolimga ham keltirmagan edim” deya ta'kidladi. To‘rg‘isini aytganda, bugungi ma'ruzaga sizlarning qiziqishlaringiz meni bu institutda yana shu kabi ma'ruza emas,  balki to‘liq mehnat faoliyatimni olib borishga ruhlantirdi” - deya ma'ruzasini yakunladi.

Xorijlik olimlarning yurtimizga tashrifi talaba va yosh olimlarimizning intellektual salohiyatini o‘sib borishiga turtki berib, ilmiy izlanishlarga ilhomlantiradi. 

Top