8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

23:38 / 03.05.2018 3057

Huquq himoyachilari davlatlar hukumatlarini matbuot erkinligini himoya qilishga chaqirdilar

BMTning so‘z erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Devid Kayye va turli davlatlarning huquq himoyachilari matbuot mustaqilligi, ayniqsa raqamli ommaviy axborot vositalariga xavf ortib borayotganidan ogohlantirmoqdalar. Bu haqda matbuot erkinligi va uning raqamli asrdagi turfaligi haqidagi qo‘shma deklaratsiyada aytilgan.

3 mayda nishonlanadigan Jahon matbuoti erkinligi kuniga chiqarilgan deklaratsiya mualliflari demokratiyani rivojlantirishda matbuotning ahamiyati kattaligini qayd qilib o‘tishgan va jurnalistlarning jismoniy jazolanishi, ular ortidan kuzatuv olib borilishi, mustaqil OAV faoliyatini cheklashga urinishlar holatlari yuzasidan chuqur tashvish bildirishgan.

“Erkin va mustaqil matbuot demokratik institutlar rivojlanishi va hukumatning javobgarligini ta'minlashga ko‘mak beradi, jurnalistlar va jurnalistikaga tajovuzlar esa jamoatchilik nazorati g‘oyasiga putur yetkazadi”, deb aytgan Kayye. Uning aytishicha, siyosatchilar va biznes yetakchilari o‘zlariga nomaqbul jurnalistlarni “dushman” deb atab, bu kasb odamlariga hujum qilishga undamoqdalar va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi jurnalistik tergovlar mualliflarini yomonotliq qilishga urinmoqdalar.  

Qo‘shma deklaratsiya, BMT vakilidan tashqari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Inson huuquqlari bo‘yicha Amerikalararo komissiya, Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika komissiyasi vakillari tomonidan imzolangan. Ular hukumatlarni nafaqat matbuot mustaqilligi va turfaligini himoya qilishga, balki bunga xususiy internet-kompaniyalar ham rioya qilishlarida ko‘mak berishga chaqirganlar. Deklaratsiya mualliflari matbuot erkinligi xalqaro huquq bilan kafolatlanishini eslatib o‘tishgan. 

Top