00:30 / 04.05.2018
16934

5 yoshli qirg‘izistonlik bola o‘z ortidan 3 tonnalik jipni torta oldi

5 yoshli qirg‘izistonlik bola o‘z ortidan 3 tonnalik jipni torta oldi. Bu antiqa tadbir Bishkek markazida o‘tgan.

“Bu tadbirdan maqsad xalqimizni birdamlikni saqlashga chaqirishdan iborat. Biz bo‘linmasligimiz lozim. Shu sababli bolaga Nur-Qirg‘iz taxallusini berdik. Uning haqiqiy nomi esa sir. U mening eng yosh shogirdim. U talaslik bo‘lib, bor-yo‘g‘i 21 kg keladi. U bilan 6 oydan beri birga shug‘ullanamiz. Bunday nomerni faqat bir marta bajarib ko‘rganmiz”, deb aytgan yosh bahodirning ustozi Nurlan Alisherov.

Ta'kidlanishicha, bolada yaxshi istiqbol mavjud. “Amerikalik do‘stim uning chiqishlari bilan qiziqib qoldi. Uning aytishicha, bu chiqishlar AQShning barcha 50 shtatida muvaffaqiyat qozonadi”, deb qo‘shimcha qilgan Alisherov.

Bolakayning kimligi sir bo‘lib qolgan, chunki u odamlar oldiga niqobda chiqqan. Katta jipga arqon mahkamlab, u bolaning yelkasiga tashlangan. Mashinani tortishda eng qiyini uni joyidan qo‘zg‘atib olish bo‘lgan. Keyin esa bolakay o‘z ortidan mashinani tortib, shahdam oldinga borgan. Natijada u 50 metrga yaqin masofani bosib o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, ko‘proq “Toshchaynar” laqabi bilan ma'lum bo‘lgan, bolaning ustozi Nurlan Alisherov o‘z vaqtida ekstremal chiqishlari bilan nom chiqargan. Misol uchun, u 2012 yilda boshi bilan mix qoqqan, 2014 yilda esa tishlari bilan Too-Ashuu dovonida 3 tonnalik avtobusni torta olgan. 

Mavzuga oid
Top