16:52 / 04.05.2018
11166

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Foto: AFP

Madridning «Real» klubi darvozaboni Keylor Navas Yevropa chempionlar ligasi hafta futbolchisi deb topildi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, kosta-rikalik darvozabon muxlislar o‘rtasida o‘tgan so‘rovnoma «Liverpul» hujumchisi Sadio Maneni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda Keylor Navas 8ta seyvni amalga oshirgan va jamoasining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shgandi.

Top