21:39 / 04.05.2018
8521

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazir birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi bosh vazir birinchi o‘rinbosari, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Asqar Maminni qabul qildi. 

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston Hukumatlararo komissiyasi faoliyati samaradorligini alohida ta'kidladi va uning amaliy natijalaridan qoniqish hosil qilganini bildirdi. 

Ikki mamlakat bosh vazir birinchi o‘rinbosarlari tomonidan boshqariluvchi komissiya hozirga kelib 17 yig‘ilish o‘tkazgan, eng so‘nggisi shu yilning martida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan. 4 may kuni Toshkentda komissiya hamraislarining ishchi muzokaralari o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsion, gumanitar va boshqa sohalardagi istiqbolli loyihalar va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhimligini ta'kidladi. 

Asqar Mamin, o‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyevga iliq qabul uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi va Qozog‘iston tomonning ikki qardosh xalq o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Mavzuga oid
Top