10:48 / 04.05.2018
9513

Server Jyeparov «Istiqlol» bilan Eron Kubogida g‘alaba qozondi

Foto: Amir Hossein Kheirkhah

Tehronning «Istiqlol» klubi Eron Kubogi finalida quyi liga vakili «Xunex be Xunex» jamoasi bilan bellashdi.

35-daqiqada Tiam tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va «Istiqlol» o‘z tarixida 7-marta musobaqa g‘olibiga aylandi. Hamyurtimiz Server Jyeparov «Istiqlol»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va o‘yin oxiriga qadar harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Istiqlol» Eron chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. 

Eron Kubogi, final
3 may
Istiqlol (Tehron) - Xunex be Xunex - 1:0
Gol: Tiam (35)

Mavzuga oid
Top