16:40 / 04.05.2018
4082

Tojikiston parlamenti O‘zbekiston bilan investitsiyalar bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qildi

Foto: nm.tj

Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida investitsiyalarni rag‘batlantirish hamda o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim bugun, 4 may kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasining navbatdagi majlisida ratifikatsiya qilindi.

Ushbu hujjat shu yilning 9 martida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi chog‘ida imzolandi.

Tojikiston Respublikasining Investitsiya va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi Farrux Hamrolizoda imzolangan hujjatga binoan, har bir tomon boshqa tomonning investorlarini o‘z hududiga investitsiya qilishini rag‘batlantirishi va o‘z qonunchiligiga muvofiq ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni o‘z zimmasiga olishi haqida ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, har bir tomon o‘z qonunlariga muvofiq boshqa tomon investorlarining investitsiyalarini to‘liq va mutlaq huquqiy himoya qilishni kafolatlaydi.

«Bundan tashqari, imzolangan bitim bilan ikki mamlakat investorlarining mablag‘larini bepul o‘tkazilishi kafolatlanadi», - dedi Hamrolizoda. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bitim 10 yil davomida qonuniy kuchga ega va ushbu muddat tugagandan so‘ng belgilangan tartibda uning amal qilishi muddati yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.

Shuningdek, bugun Tojikiston parlamentining quyi palatasi deputatlari Tojikiston hukumati bilan O‘zbekiston hukumati o‘rtasida daromadlar va kapitalga soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish va ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Qahhorzodaning so‘zlariga ko‘ra, hujjat daromadlar va mol-mulkni ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etishga qaratilgan.

Top