To‘rtko‘l tumanining olis hududlaridan “Ko‘kcha” ovuli fuqarolari Oqiljon Baltaboyeva hamda qizi Feruza Alibekova noqonuniy ravishda davlat chegarasini buzib o‘tganligi bois, 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edilar, deb yozmoqda Kruz tuman hokimligiga asosan.
To‘rtko‘l tuman hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Alibekovaning voyaga yetmagan, yosh farzandi borligi va A.Baltaboyevaning oilaviy sharoitlarini, muqaddam sudlanmaganligini inobatga olib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga kafillik xati bilan murojaat qildi.
Sud Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligiga asosan fuqarolar Baltaboyeva va qizi Alibekovalarni sinov muddati bilan ozodlikka chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilib, fuqarolarni o‘z oilalari bag‘riga qaytishiga sabab bo‘ldi.