11:46 / 05.05.2018
5547

Torontoga rejalashtirilgan reys yenot tufayli qoldirildi

Foto: TASS /Petr Kovalev

Samolyot ichiga kirib olgan yenot (sarg‘ish-ko‘l rang muynali kichkina hayvon) Kanadaning Toronto shahriga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reysning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Hodisa Saskatun shahri aeroportida yuz bergan. Air Canada aviakompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, hayvon texnik xodimlar qurilmani yoqishidan avval konditsioner ichagiga yashirinib olgan. U ishga tushirilgach, yenot samolyotning ventilyatsiya tizimiga tushib qoldi.

Aeroport xodimlari yenotni chiqarib olish uchun havo kemasi panelini yechishga majbur bo‘ldilar, bu esa bir necha soat vaqtni talab qildi.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar «hayratdan yoqa ushlashgan va nima qilishni bilishmagan».

«Birinchi soat davomida hammasi xuddi romandagidek bo‘ldi. Hech kim hech qachon shunday holatga duch kelmagan ekan», - deya aytib o‘tdi yo‘lovchilardan biri.

Xodimlar yenotni laynerdan chiqarib olishdi, biroq hayvon shu zahotiyoq texniklardan qochib ketdi. Yo‘lovchilarga tovon sifatida taom xarid qilishga vaucherlar va bo‘lajak reyslarga chegirmalar taqdim etildi.

 

Mavzuga oid
Top