12:52 / 05.05.2018
12615

Tozalik himoyasida. Tez kunlarda yangi maxsus texnika Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlaydi

Foto: Toshkent shahar hokimligi 

Poytaxt Toshkent shahri yo‘llarini, ko‘chalarini yanada obod va ko‘rkam bo‘lishi uchun Toshkent shahar hokimligi yana bir ishga qo‘l urdi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, yaqin kunlardan boshlab Toshkent ko‘chalarida, mahallalarida tozalik, obodlik uchun yangi Hyundai maxsus tozalash avtotransportlari o‘z xizmatini boshlaydi. 

“Ushbu transportlar shahrimiz ekologik tozaligiga o‘z hissasini qo‘shishi aniq. Jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi texnika asrida, yangi, tezkor, tejamkor, ekologik toza transportlar xizmatidan foydalanish zamon talabidir. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar poytaxtimiz aholisining turmush-tarzi, farovonligi va sog‘lom hayoti, hamda emin-erkin yashashi yo‘lidagi harakatlar davomidir”, - deyiladi xabarda.

Top