18:59 / 06.05.2018
5128

Afg‘onistonda avtomobil yo‘lda ko‘milgan bombani bosishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: pajhwok.com

Afg‘onistonning Faryob viloyatida avtomashina yo‘lda ko‘mib qo‘yilgan bombani bosib ketishi natijasida kamida 7 kishi halok bo‘lgan va yana bir kishi jarohatlangan. Bu haqda «Pajvok» axbrot agentligining muxbiri Qutbiddin Ko‘hiy ma'lum qilgan.

Garchi bu ish ortida kim turganini rasman hech kim o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, mahalliy politsiya vakili Abdul Karim Yurishning agentlik muxbiriga ma'lum qilishicha, transport vositasi Xo‘ja Gavhar aholi punktida «Tolibon» radikal islomiy harakati jangarilari tomonidan o‘rnatilgan bomba yordamida portlatilgan. Mashinada savdogarlar ketayotgan bo‘lgan.

Tuman ma'muriyati rahbari Muhammad Solih Solih ham hujum yuz berganini va qurbonlar sonini tasdiqlagan.

Ilgariroq Afg‘onistonda xudkush-terrorchining xorijiy harbiy xizmatchilar konvoyiga hujumi natijasida 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. TOLOnews telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, o‘ldirilganlar mamlakat janubidagi Qandahor viloyati Dama tumanida joylashgan Hoji Abdullaxon qishlog‘idagi madrasa talabalari bo‘lgan.

Top