12:36 / 06.05.2018
12773
AQSh butun flotini lazer quroli bilan qurollantirmoqchi
Foto : REUTERS / JOHN WILLIAMS/U.S. NAVY

AQSh flotida Phalanx MK-15 zenit artilleriya majmuasi o‘rnini Helios lazer quroli egallaydi.

Daily Star nashri ma'lumotlariga ko‘ra, superkuchli qurol AQSh harbiy-dengiz kuchlarining barcha jangovar kemalarida o‘rnatiladi va ko‘plab xavflardan, jumladan dronlardan himoyalay oladi.  

“Gap uchuvchisiz parvoz qurilmalari, kichik kemalar va yaqin masofaga mo‘ljallangan ba'zi qurollardan himoyalashga zarur kuch va nur strukturasiga ega lazer haqida ketmoqda”, deb ma'lum qilgan nashr manbasi.

Bundan tashqari, lazerlar harbiy-dengiz kuchlariga kemalarda ba'zi noqulayliklarga sabab bo‘luvchi o‘q dori saqlash zaruratidan voz kechishga imkon beradi.    

Biroq mutaxassislarning ta'kidlashicha, lazer quroli uchun hali unga mos elektr ta'minoti yaratish lozim.

Mavzuga oid
Top