11:58 / 06.05.2018
12632

Havayida uyg‘ongan vulqon sababli odamlar evakuatsiya qilinmoqda

Havayi orolida dunyodagi eng xavfli vulqonlardan biri Kilau-Ea uyg‘ondi. Shu sababli yaqin atrofdagi 2 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.

Foto: U.S. Geological Survey/REUTERS
Foto: USGS/via REUTERS

Vulqondan otilib chiqqan lava o‘rmonlarda yong‘in chiqarib, turar joylarga ham yetib kelgan. Ta'kidlanishicha, kul sababli ko‘rinish darajasi yomonlashgan, nafas olib bo‘lmayapti. 

Foto: USGS/via REUTERS
Foto: USGS/Handout via REUTERS
Foto: USGS/Handout via REUTERS

Tabiiy ofat hududini hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq odam tark etishi kerak. Ularga AQSh milliy gvardiyasi bo‘linmalari yordam bermoqda.

Vulqon otilishidan oldinroq AQSh geologik xizmati vulqon hududida magnitudasi 5 ballni tashkil qiluvchi bir nechta yer silkinishini qayd qilgan.

Foto: USGS/via REUTERS

Kilau-Ea dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi.

Foto: USGS/via REUTERS
Foto: USGS/via REUTERS
Foto: Janice Wei/via REUTERS


 

Mavzuga oid
Top