14:28 / 06.05.2018
10555

O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi yangi elchisi Riyozga jo‘nab ketdi

Foto: Arabnews

6 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ulug‘bek Maqsudov Riyoz shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maqsudov bugungi kunga qadar Tashqi ishlar vazirligining O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i va undan ilgari O‘zbekiston Respublikaning Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida Bosh konsuli sifatida ishlagan.

Top