16:44 / 07.05.2018
59302

Bobomurod Abdullayev ishi: barcha sudlanuvchilar ozodlikka chiqarildi 

Bobomurod Abdullayev sud zalidan ozod etildi. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar ishi bo‘yicha sud majlisi tugadi. 

KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka chiqarildi.

Sud Bobomurod Abdullayevni yuqorida ko‘rsatilgan modda bo‘yicha aybdor deb topdi va uni ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uch yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Bobomurod Abdullayev hibsda 221 kun saqlangani e'tiborga olinib, bu muddat chiqarib tashlandi. Shu tariqa, endi bir yildan biroz ko‘proq axloq tuzatish ishlari qoldi.

Advokat Mayorov sudda Abdullayevni himoya qildi. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar aybsiz deb topildi hamda oqlandi.

Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.

Mavzu
Jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va hukumatni ag‘darish kabi jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblanayotgan sudlanuvchilar ishi bo‘yicha Kun.uz muxbiri sud majlisidan tayyorlagan materiallari

Barchasi
Mavzuga oid
Top