16:53 / 07.05.2018
12569

Qonliko‘lda noodatiy Kitob esdaligi barpo etildi (foto)

Qonliko‘l tumani hokimligining tashabbusi bilan yosh jurnalistlar uchun tumanga media-tur tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Kruz.

Foto: Kruz.uz/Baurjan Botabayev

Media-tur doirasida jurnalistlar tuman hokimligining yonida barpo etilgan Kitob esdaligiga tashrif buyurishdi.

Tuman hokimining o‘rinbosari Qural Abdikarimov kitob esdaligi haqida ma'lumot berib o‘tdi. «Kitob esdaligining loyihasini rassom Polat Abdireymov ishladi. Bu maydonda o‘tgan yili kitob festivalini o‘tkazgan edik. Kitobning g‘oyasi hokimlik tomonidan ishlab chiqildi. Yaqinda Sirdaryoda ham kitob esdaligini ko‘rdim. Bu yerda o‘quvchilar dam olishlari va kitob o‘qishlari mumkin», - deydi Q.Abdikarimov.

Foto: Kruz.uz/Baurjan Botabayev

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda kitob esdaligi hozircha faqat Qonliko‘l tumanida bor.

Foto: Kruz.uz/Baurjan Botabayev
Foto: Kruz.uz/Baurjan Botabayev
Foto: Kruz.uz/Baurjan Botabayev

 

Top