09:18 / 08.05.2018
18459

Yolg‘on ma'lumot kim uchun kerak edi?!

Illyustrativ foto

Qarshi shahar “Beklar” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Balx” ko‘chasi 10-uyda yashovchi fuqaro Jo‘ra Turopov Qarshi shahar elektr ta'minoti korxonasi xodimlari xizmatidan norozi bo‘lib, Qarshi shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmati.

Fuqaro murojaatida “Beklar” mahallasi aholisiga elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha mas'ul Qarshi shahar Majburiy ijro byurosi xodimi iste'molchi xonadoniga tegishli 0250182-sonli abonent raqami orqali DDSU-28 rusumli zavod raqami 400849 bo‘lgan elektr hisoblagich ko‘rsatkichini xonadonga borib tekshirmasdan, “ASU” ma'lumotlar bazasiga iste'molchi abonent kartasiga 26.02.2018 yil holatida qo‘shimcha ravishda 11286 kVt noreal ma'lumot kiritganligi, bugungi kunda hisoblagichning haqiqiy ko‘rsatkichi 6572 kVt tashkil qilganligi qayd etilib, jamiyat xodimlaridan mazkur masalada amaliy yordam berishlarini so‘ragan.

Arizadagi holat yuzasidan tegishli tartibda shahar jamiyati xodimlari hamda majburiy ijro byurosi nazoratchilari tomonidan joriy yilning 9 aprel kuni fuqaro xonadonida 0000602-sonli dalolatnoma asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi. 

Natijada fuqaro xonadonidagi elektr hisoblagich ko‘rsatkichi 6771 kvt ekanligi, iste'molchining sarf qilinmagan elektr energiyasi uchun ortiqcha 3906 kVt to‘lovni amalga oshirganligi, shuningdek, byuro xodimi 15.11.2017 yil holatida xonadonda 10677 kvt/s elektr energiyasi iste'mol qilindi deya yolg‘on ma'lumot kiritganligi aniqlandi. 

Aniqlangan holat bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatoni bartaraf etish maqsadida xonadonda o‘tkazilgan xatlov natijasi to‘g‘risida ASU ma'lumotlar bazasiga ma'lumot kiritilib, fuqaro abonent kartasidagi qarzdorlik bartaraf etildi.

Mavzuga oid
Top