14:18 / 08.05.2018
14990

Samarqandda “kreditor”ini o‘ldirgan ayol 13 yilga qamaldi

Illyustrativ foto/Photo.net

Payariq tumanida yashovchi A.O. bolalar kiyimini sotish bilan shug‘ullanardi. Topgan-tutgani oilasiga yetardi, biroq ayol bundan-da ko‘pini istadi, deb yozmoqda Zarnews.

Avvaliga u yangasi M.S.dan 200 AQSh dollari oldi. Buning hisobidan A. biznesini kengaytiradi, biroq bu ham unga kamlik qildi. Keyingi safar u yangasidan 2 ming “ko‘ki” qarzga oladi va pullarni uch oydan so‘ng foizi bilan qaytarishga qarindoshini ishontiradi.

Biroq, qarzni qaytarish muddati tezda keldi. M. har kuni undan pullarni qaytarishini talab qildi. 

A. qanday qilib “kreditor”dan qutulish yo‘llarini izlay boshladi va bir kuni o‘zi bilan metall bo‘lagini olib M.ning uyiga bordi.
 
Yangasi qarzni olib keldi, deb o‘ylab bahri-dili ochilib ketdi. Biroq bunday emasligini bilgach, uni urisha ketdi.

A. qulay paytni poylab metall bilan ayol boshiga urdi. M. yiqilib tushganini ko‘rib, qochib ketdi.

Shifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolishga urindi. Biroq M. vafot etdi.

A.O. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi qarori bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Top