19:00 / 08.05.2018
12741
O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi
Foto: 27r.ru

Jismoniy shaxslar tomonidan qabul qilingan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi yanvar-aprel oylarida 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki saytida xabar qilingan. Ulardan 28,5 mln dollari milliy valyutada berilgan.

Yil boshidan buyon O‘zbekistondan 269,1 million dollar yuborildi. Shu bilan birga, 28,8 million dollar so‘mda jo‘natilgan.

2017 yilning noyabrida O‘zbekistondan milliy valyutada avtomatik konversiya bilan pul o‘tkazmalarini yuborish imkoni paydo bo‘ldi. Markaziy bankning ta'kidlashicha, so‘mdagi pul o‘tkazmalarining o‘sishi kuzatilgan. Bu «aholining naqd xorijiy valyutaga bo‘lgan talabining kamayishini ko‘rsatadi».

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, Markaziy bank tomonidan pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlar birinchi marta e'lon qilinmoqda.

Top