07:42 / 09.05.2018
18051

Afg‘on urushi qatnashchilari Rossiya fondining medallari bilan taqdirlandi

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumani, "Olimpiya guzari" mahallasida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishga ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 12 nafar Afg‘onistonda o‘z baynalminal burchini o‘tab qaytgan fuqarolar taklif etilib, ularga dasturxon tuzaldi. 

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Rossiyada faoliyat yurituvchi "Afg‘oniston veteranlarining Rossiya ittifoqi" Umumrossiya jamoatchilik fondi mahallaning ushbu 12 nafar urush qatnashchisini  medallar bilan taqdirlagani bo‘ldi.

"Olmazor guzari" mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu medallarni egalariga topshirdi. O‘tkazilgan suhbat davomida Afg‘on urushi veteranlari ko‘rsatilgan ehtirom uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.  

Foto: Olmazor tumani xokimiyati
Foto: Olmazor tumani xokimiyati
Caption
Foto: Olmazor tumani xokimiyati
Foto: Olmazor tumani xokimiyati
Foto: Olmazor tumani xokimiyati
Foto: Olmazor tumani xokimiyati
Foto: Olmazor tumani xokimiyati

 

Mavzuga oid
Top