13:25 / 09.05.2018
5744

Xitoy foydasiga josuslikda gumonlanayotgan MRB agenti maxfiy ma'lumotlarni saqlashda ayblandi

Foto: cnn.com

MRB sobiq xodimi Jyerri Chun Shin Li maxfiy ma'lumotlarni yig‘ish va saqlashda ayblandi, u keyinchalik bu ma'lumotlarni Xitoyga berishni mo‘ljallagan. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Virginiya shtatining katta hay'ati Chun Shin Lini xorijiy davlat foydasiga milliy xavfsizlikka oid maxfiy ma'lumotlarni yig‘ish va tarqatishda aybdor, deb topdi. Yana ikkita sud uni milliy mudofaa bilan bog‘liq maxfiy materiallarni noqonuniy saqlashda aybdor, deb tan olgan.

Avvalroq, Chun Shin Li MRBning 20 agenti haqidagi ma'lumotni oshkor etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Li AQSh fuqarosi sanaladi, u MRBda 1994 yildan beri ishlab kelgan. Ta'kidlanishicha, unga josuslikda rasmiy ayblov qo‘yilmasligi ehtimolga yaqin, sababi hukumat «sudda maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishni xohlamayapti».

 

Top