11:53 / 12.05.2018
9823

NASA Marsga vertolyot yuborishga qaror qildi

Foto: NASA

NASA Marsga mini-vertolyot yuborish niyatida. Bu 2020 yilda amalga oshadi hamda sayyorani o‘rganish uchun qilinadi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

«Boshqa sayyora osmonida parvoz qiluvchi vertolyot haqidagi g‘oya hayajonga solmoqda. Mars Helicopter (uchar qurilma nomi – tah.) ilm-fan kelajagi uchun ko‘p narsa va'da qilmoqda, bunda Marsda tadqiqot missiyalari va ixtirolar ham istisno etilmaydi», - deya aytib o‘tdi NASA rahbari Jim Bridenstin.

Ta'kidlanishicha, mini-vertolet boshqa sayyoraga yuboriladigan, havodan og‘irroq tarixdagi birinchi uchar qurilmaga aylanadi.

Og‘irligi 1,8 kg bo‘lgan vertolyot 2013 yildan beri ishlab chiqilgan. U quvvatlantirish uchun quyosh panellari va sovuq sayyora sharoitlari uchun isitish mexanizmi bilan jihozlangan. Apparat parraklari Yerdagi vertolyotlardan 10 martaga tezroq aylanadi, sababi Mars atmosferasi nisbatan siyrak.

Qurilma 2020 yilda uchiriladi va sayyoraga 2021 yilning fevral oyida yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq InSight missiyasi Marsga parvoz qilgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid
Top