20:39 / 14.05.2018
31292

Astronomlar Yerga “yo‘qolib qolgan” asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirishdi

Foto: Fotolia / AND Inc

Yerga 2010 yilda ko‘rinmay qolgan 2010 WC9 asteroidi yaqinlashmoqda. Bu haqda Britaniyaning Northolt Branch observatoriyasiga iqtibos keltirgan holda EarthSky xabar bermoqda

Ushbu asteroid ilk bor 2010 yil 30 noyabrda payqalgan. Astronomlar samo jismini 1 dekabrgacha kuzatishga muvaffaq bo‘lishgan, shundan keyin u ko‘rinmay qolgan. AQSh observatoriyasi xodimlari 8 yil o‘tib asteroidni yana qayd qilishga muvaffaq bo‘lishgan.

Foto: w3livenews.com

Asteroid Yerga 16 may kuni soat 03:05da yaqinlashadi. U sayyoramizdan 203 ming km nariroqdan uchib o‘tadi, tezligi soatiga 46 ming kmni, diametri 60-130 metrni tashkil qiladi. 

EarthSky’ning ta'kidlashicha, asteroid Yerga ancha yaqin uchib o‘tadi, u bilan sayyoramiz o‘rtasidagi masofa Oygacha bo‘lgan masofaning 0,53 qismiga teng bo‘ladi. Astronomlarning ta'kidlashicha, asteroidning Yer bilan to‘qnashishi xavfi yo‘q.

Mavzuga oid
Top