09:30 / 14.05.2018
17581

Hindistonda yomon ob-havo sababli 40 odam hayotdan ko‘z yumdi

Foto: REUTERS

13 may kuni Hindistonda jalalar va qum bo‘roni bilan kechgan momaqaldiroq oqibatida kamida 40 odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Avvalroq Uttar-Pradesh shtatiga yopirilgan qum bo‘roni va jalalar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani, 28 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.

Ta'kidlanishicha, momaqaldiroq oqibatida G‘arbiy Bengaliya shtatida, Dehli va uning atrofida hamda janubiy shtatlar – Andxra-Pradesh va Telinganada bir necha kishi halok bo‘lgan.

Bu oxirgi kunlarda Hindiston shimoliga yopirilgan uchinchi qum bo‘ronidir. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 may kuni tabiiy ofat oqibatida 11-13 kishi, 2 may kuni esa 120 ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Top