23:10 / 14.05.2018
37267

O‘quvchilar va ularning onalariga hujum qilgan o‘g‘ri bir ona tomonidan otib tashlandi (video)

Braziliyaning San-Paulu shahrida yashovchi 21 yoshli Elivelton Neves maktab yonida o‘quvchilar va ularning Onalar kuni munosabati bilan yig‘ilgan onalariga to‘pponcha bilan o‘qtalib, ularni tunamoqchi bo‘lgan. Biroq u o‘quvchilardan birining onasi politsiyada ishlashi va uning yonida tabel quroli borligini xayoliga ham keltirmagan.  

Onalardan biri, 42 yoshli Katya da Silva Sastre hayallab o‘tirmay, jinoyatchiga qarshilik ko‘rsatgan: ayol to‘pponchasini olib, unga uch marta o‘q uzgan. Shundan keyin jinoyatchi shifoxonaga olib borilgan, biroq o‘sha kuni o‘lgan.

San-Paulu gubernatori ayolga dovyurakligi uchun minnatdorlik bildirib, Onalar kuni bilan shaxsan tabriklagan va guldasta sovg‘a qilgan. Gubernatorning aytishicha, ayolning bu xatti-harakatlari o‘quvchilar va ularning ota-onalari hayotini qutqarib qolgan. 

Top