00:57 / 15.05.2018
6364

Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Foto: Italiya futbol federatsiyasi

"Zenit" sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini bugun, 14 may kuni rasman Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Italiya futbol federatsiyasi xabar berdi. 

Shartnoma haqida hozircha to‘liq ma'lumot berilmagan. Italiyalik mutaxassis 15 may kuni bo‘lib o‘tadigan press-konferensiyada terma jamoa bosh murabbiyi sifatida jurnalistlarga tanishtiriladi. 

Avvalroq Manchini Italiya terma jamoasi bilan Yevro-2020 musobaqasi saralash bahslarining so‘nggiga qadar shartnoma imzolashi haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi. 

Mavzuga oid
Top