11:00 / 15.05.2018
5045

Toshkentda Tojikiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Tojikiston Respublikasining sayyohlik salohiyati Toshkentda taqdim etildi. Taqdimot «Turizm va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili» doirasida o‘tkazildi, deya xabar beradi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy ommaviy axborot vositalari va sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

Foto: Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi S.Imomiy mamlakatning sayyohlik salohiyati, Tojikiston hukumati tomonidan soha infratuzilmasini rivojlantirish, xorijiy sarmoyalar oqimi uchun qulay sharoit yaratish va xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

Foto: Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Bo‘ston va Shahriston tumanida joylashgan Tojikiston Milliy bankining O‘quv markazi mehmonxona majmualari rahbarlari tashrif buyurganlarga mehmonlarni qabul qilish, tarixiy, madaniy va ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurish bo‘yicha sayyohlik dasturlarini taklif qilishdi.

Foto: Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Tadbirda Tojikistonning tabiiy, madaniy va ko‘ngilochar obektlari, tarixiy va arxitektura yodgorliklari haqida videoroliklar namoyish etildi. Mehmonlarga sayyohlik xaritalari, bukletlar hamda boshqa bosma mahsulotlar taqdim etildi.

 

Mavzuga oid
Top