11:35 / 15.05.2018
5652

«O‘zbekiston pochtasi» yangi «Tezkor pochta» xizmatini sinovdan o‘tkazdi 

Foto: pochta.uz

Joriy yilning 10 aprel kuni «O‘zbekiston pochtasi» AJning 15ta obektida joriy etilgan yangi «Tezkor pochta» xizmatini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zbekiston pochtasi» axborot xizmati xabar berdi.

«Aholining xohish va istaklarini inobatga olgan holda, 2018 yil 15 maydan boshlab «Tezkor pochta» xizmati «O‘zbekiston pochtasi» AJning barcha shahar va tuman pochta bo‘limlarida foydalanish mavjud bo‘ladi va belgilangan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi», - deyiladi xabarda.

«Tezkor pochta» jo‘natmalar maxsus tarzda belgilanadi va jo‘natmaning yetkazib berishdagi eng yuqori barcha bosqichlari ustuvor tartibda amalga oshiriladi. 

«Sizga shuni eslatmoqchimizki, ushbu xizmatning sifati va ko‘rsatilgan yetkazib berish kunlariga rioya qilish ham doimiy nazorat ostida», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekiston pochtasi» AJ bosh direktori Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlangani xabar berilgandi.

 

Top