8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

20:25 / 16.05.2018 8210

Tunnelga kirgan velosipedchilar poyezd ostida qolishlariga bir baxya qoldi (video) 

Braziliyada ikki velosipedchi qarovsiz deb o‘ylagan tunnellari orqali o‘tmoqchi bo‘lganlarida poyezd ostida qolishlariga bir baxya qoldi.

Voqea haqida Facebook’da velosipechilardan biri Jyedson Jil Miranda ma'lum  qildi. Aynan uning shlemidagi kamera xavfli vaziyatni tasvirga olgan.

Videoda Miranda do‘sti Felipe Viyeyra bilan bo‘sh tunnelga kirganini ko‘rish mumkin. Kutilmaganda ular poyezd gudogini eshitib, yorqin nurni ko‘rishadi. Qo‘rqib ketgan do‘stlar velosipedlarini tashlab, tunneldan tashqariga chiqishga oshiqishadi. Ular tunneldan chiqib ketishlari bilanoq poyezd ularning yonidan o‘tib ketadi.

“Biz aqlsizlik qildik, temir yo‘l tunnellari ularda velosipedda yoki piyoda yurish uchun mo‘ljallanmagan. Tangriga shukr, hammasi yaxshilik bilan tugadi. Bu boshqalarga o‘rnak bo‘lsin”, deb aytgan Miranda.

Top