14:48 / 17.05.2018
7940

Samarqandda avtobuslarda to‘lov uchun plastik kartalar joriy etilmoqda

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahridagi avtobuslarda yangi to‘lov turi yo‘lga qo‘yildi, deb yozmoqda «Zarafshon» gazetasi.

— Hozircha 6, 12, 14, 32, 41, 61, 67, 71-yo‘nalishlarida qatnovchi 70 ta avtobusda sinov tariqasida yo‘l kira maxsus plastik karta orqali to‘lanmoqda, — deydi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi viloyat boshqarmasi mutaxassisi Farxod Norqorayev. — Bunda manziliga yetgan yo‘lovchi avtobus eshigi oldiga o‘rnatilgan «Validatory» maxsus apparatiga plastik kartasini tekkizib, tushib ketaveradi.

Maxsus plastik kartalar Samarqand shahridagi jyeton sotish shoxobchalarida sotilmoqda.

Ushbu plastik kartaga avvaldan pul o‘tkazish lozim bo‘ladi.

Top