19:07 / 17.05.2018
11578

Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati tashkil etildi

Foto: eurasia.travel

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda bildirilishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qo‘riqxona tashkil etilganligi va u doimiy foydalanish huquqi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga berilgan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qo‘riqxona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar bo‘lgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati tashkil etiladi.

Belgilab qo‘yilishicha: 

biosfera rezervati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yurituvida bo‘ladi;
biosfera rezervatining qo‘riqlash xodimlari tegishli huquqlar va imtiyozlar berilgan holda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga berilayotgan biosfera rezervatiga faoliyatni moliyalashtirish manbalari, shu jumladan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirishning boshqa manbalari, muhofaza etiladigan hududlarga beriladigan imtiyozlar va pereferentsiyalar saqlanib qoladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ:

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda biosfera rezervati hududini zonalarga bo‘lsin, har bir zonaning (qo‘riqxonaga aylantirilgan zona, oraliq zona, o‘tish zonasi) chegaralarini batafsil tavsiflaydi;

Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati to‘g‘risidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

biosfera rezervatidan samarali foydalanilishini, tabiiy obektlar va majmualarni saqlash, qayta tiklash va tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid
Top