21:31 / 18.05.2018
24781
Birorta “yulduzi”, devori va tomi bo‘lmagan mehmonxona

Shveytsariyalik rassomlar va Null Stern Hotel mehmonxonasi yaratuvchilarining ta'kidlashicha, Alp tog‘larining chiroyini his qilish uchun u bilan yolg‘izlikda qolish lozim. Ular shu maqsadda mijozlarga plitkalar bilan qoplangan kichik maydoncha, unda o‘rnatilgan ikki kishilik karavot va ikkita tumbochkadan iborat yagona “xona”li mehmonxonani taklif qilishmoqda.

Foto: Instagram/nullsternhotel

Mehmonxonaning shiorida ta'kidlanishicha, undagi yagona “yulduz” mahalliy aholi tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi mehmon hisoblanadi.

Ushbu antiqa mehmonxonada tunni o‘tkazish uchun oldindan navbatga yozilish va 295 shveysar franki (295 dollar atrofida) to‘lash kerak bo‘ladi. 

Foto: Instagram/luigiporceddu
Foto: Instagram/laurajayne6
Foto: Instagram/nullstern_zerostarhotel
Foto: Instagram/calineheiroth
Foto: Instagram/calineheiroth
Foto: Instagram/nullstern_zerostarhotel

 

Top