18:30 / 18.05.2018
7549

Spilbergning yangi filmida AQSh prezidentini Di Kaprio o‘ynaydi

Foto: VALERY HACHE/AFP/Getty Images

Leonardo Di Kaprio Stiven Spilbergning bayopikida AQShning 18-prezidenti Uliss Grant obrazini yaratadi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar qilmoqda.

Di Kaprio va Spilberg so‘nggi bor birgalikda 2002 yilgi «Eplay olsang, meni tutib ol» kartinasi ustida ishlashgandi. Yangi filmda Di Kaprio prodyuser ham bo‘ladi – uning Appian Way kompaniyasi prezidentning Ron Chernov muallifligidagi tarjimai holiga huquqlarni sotib oldi. Film Lionsgate studiyasida suratga olinadi.

Suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma'lum. Stiven Spilbergda hozir rejalar ko‘p: kelasi yili u Indiana Jonsning sarguzashtlari haqida yangi kartina suratga olmoqchi, shuningdek, «Vestsayd tarixi» remeyki ustida ish boshlash niyatida. Bundan tashqari, o‘zining birinchi superqahramonlik filmi - DC Comics komikslari bo‘yicha «Qora qirg‘iy»ni suratga tushiradi.

Top