13:07 / 18.05.2018
14164

«Tez tibbiy yordam»ning majburiy to‘plami oshirildi

Foto: O‘zA

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Bitta tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati brigadasi uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Eslatib o‘tamiz,  tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun jihozlashga, shu jumladan tez tibbiy yordamga eng kam talablar sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2905, 28.07.2017 y.) bilan tasdiqlangan.
 
Avgust oyining ikkinchi yarmidan boshlab “tez tibbiy yordam” brigadasi ishi uchun zarur bo‘lgan ayrim tibbiy buyumlarga nisbatan yangi talablar amal qila boshlaydi.
 
Chunonchi, har bir brigadaga kamida 20 juft bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplar ajratiladi (hozir – 1 juft). Hajmi 2 g., 5 g. va 10 g. bo‘lgan shpritslar soni har bir turi bo‘yicha 5 donadan 10 donagacha oshiriladi.
 
Bundan tashqari, har bir brigada uchun zarur bo‘ladigan tibbiy paxta miqdori aniqlashtirildi – 100 gr. steril va nosteril bintlar 2 donadan bo‘lishi kerak.
 
Hujjat 16.08.2018 yilda kuchga kiradi.

Top