07:34 / 19.05.2018
26590

Nig‘matulla Yo‘ldoshev Al-Quds masalasini IHT sammitida muhokama etdi

Turkiya Isroil Al-Quds shahrini poytaxt etib e'lon qilishi munosabati bilan tezkor sammit o‘tkazishga qaror qildi. Unda O‘zbekiston nomidan Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev ishtirok etdi. Bu haqda Anado‘lu agentligi xabar bermoqda. 

Foto: Anadolu

​18 may kuni Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda nutq so‘zlagan tashkilot Bosh kotibi Yusuf ibn Ahmad al-Usaminning ta'kidlashicha, Isroil o‘z poytaxtini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirishi xalqaro huquq normalariga mutlaqo zid harakat hisoblanadi. Buni legitimlashtirishda ko‘mak bergan AQShning harakati esa jahon davlatlariga nisbatan hurmatsizlik.

Foto: Anadolu

Bosh kotib ayni paytda Al-Quds maqomini himoya qilib kelayotgan Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Marokash rahbarlariga minnatdorligini bildirdi. 

Sammitda Afg‘oniston, Gvineya, Eron, Qatar, Quvayt, Mavritaniya, Sudan, Iordaniya, Shimoliy Kipr Turkiya Respublikasi davlat rahbarlari hamda Indoneziya va Gambiya vitse-prezidentlari ishtirok etishdi. Falastin, Qirg‘iziston va Pokiston davlatidan Bosh vazir darajasida, O‘zbekiston, Jazoir va Sudandan parlamenti spikerlari darajasida vakillar ishtirok etishdi.

Mavzu
Quddus Isroil poytaxti deb tan olinishi

6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusning Isroil poytaxti deb tan oldi. U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Quddusga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.

Barchasi
Top