12:09 / 19.05.2018
8150

Tramp BMT bosh kotibi bilan uchrashuviga izoh berdi

Foto: Twitter /realDonaldTrump

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi o‘z sahifasida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvi haqida ma'lumot berdi.

«BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdim, u «BMTni yana buyuk qilish» uchun juda ko‘p ishlamoqda. BMT butun dunyo bo‘ylab mojarolarga yechim topish uchun ko‘p ish qilsa, bu AQSh kamroq ish qilishi kerakligini anglatadi hamda biz pullarni iqtisod qilyapmiz», - deya yozgan Tramp.

Qayd etilishicha, Tramp va Guterrish «o‘zaro manfaatli bo‘lgan masalalarni» muhokama qilgan. Tomonlar «kelayotgan oylar ichida umumiy chaqiriqlar va tahdidlarga yechim topish uchun birgalikda ishlashga» kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika Trampni migrantlarni «hayvonlar» deb atamaslikka chaqirgandi.

 

Top