22:28 / 20.05.2018
17021

Hercules samolyoti harbiy ustidan bor-yo‘g‘i bir necha metr balandlikdan uchib o‘tdi (video)

Internetda harbiy ustidan bor-yo‘g‘i bir necha metr balandlikdan S-130 Hercules harbiy-transport samolyoti uchib o‘tib ketgani videosi paydo bo‘ldi.

The Drive nashrining yozishicha, ushbu voqea Saudiya Arabistoni AQShda ishlab chiqarilgan S-130 samolyotlarini xusiylarga qarshi qo‘llayotgan Yamanda yuz bergan.

Videoda harbiylardan biri bosh kiyimi bilan pastlab uchayotgan samolyot fyuzelyajiga tegmoqchi bo‘lgani, uning sherigi esa buni tasvirga olayotgani aks etgan.

Foydalanuvchilarni samolyotning bunday mohirona boshqarilishi hayratlantirgan. Biroq ba'zilar bunday qo‘nish juda xavfliligini qayd qilishgan. 

“Juda pastlab qo‘nish”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

S-130 Hercules 20 tonna yuk ko‘tara oladigan transport samolyoti bo‘lib, taktik tashishlar hamda qo‘shinlar va harbiy texnikani desantlash uchun qo‘llanadi. 

Mavzuga oid
Top