07:50 / 21.05.2018
25575
Messi yana bir bor «Oltin butsa» sohibiga aylandi
Foto: FC Barcelona

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purari uchun topshiriluvchi «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatining 36 o‘yinida 34 golga mualliflik qildi. Messi 68 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda, u «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni ortda qoldirgan. Saloh hisobida Angliya chempionatining 36 o‘yinida urilgan 32 gol bor. 3-o‘rinni Harri Keyn egalladi (APLning 37 o‘yinida 30 gol).

Messi 2010, 2012, 2013 va 2017 yillarda ham ushbu sovringa sazovor bo‘lgandi. Endi unda shunday sovrindan 5ta bo‘ldi. «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bunday sovrinni 4 bor qo‘lga kiritgan.

«Oltin butsa» reytingida urilgan to‘plar soni chempionatning tegishli koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Yetakchi 5 chempionatda urilgan gollar 2 ochko bilan baholanadi.

Quyida 2017/2018 yillardagi mavsum bo‘yicha yetakchi to‘purarlar o‘ntaligi keltirilgan:  

1. Lionel Messi («Barselona») — 34 gol (68 ochko);
2. Muhammad Saloh («Liverpul») — 32 (64);
3. Harri Keyn («Tottenhem») — 30 (60);
4. Robert Levandovski («Bavariya») — 29 (58);
5. Chiro Immobile («Latsio») — 29 (58);
6. Mauro Ikardi («Inter») – 29 (58);
7. Edinson Kavani («PSJ») – 28 (56);
8. Krishtianu Ronaldu («Real») – 26 (52);
9. Jonas («Benfika») – 34 (51);
10. Luis Suares («Barselona») – 25 (50).

 

Top