16:52 / 21.05.2018
5430

«Uralskiye avialinii» Rostov-Dondan Toshkentga parvoz qila boshlaydi

Foto: Valeriy Matytsin/TASS

Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi Rostov-Don - Toshkent - Rostov-Don yangi xalqaro yo‘nalishini ochmoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

«Reyslar 2018 yil 4 iyuldan boshlab chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Uchish Rostov-Dondan soat 6:20da, Toshkentga qo‘nish soat 11: 40da, Toshkentdan ortga reys soat 13:20da, Rostov-Donga qo‘nish soat 15:10da», - deyiladi xabarda.

Chipta narxi bir tomonga - 10 ming rubl (1,2 mln so‘mdan). Barcha yig‘imlar kiritilgan.

Kompaniyadan hisoblashlaricha, aviakompaniyaning yangi yo‘nalishi qadimgi tarixga ega bo‘lgan shaharlarga qiziqqan sayohatchilarga ham, biznes-turistlarga ham qiziqarli bo‘ladi.

Top