8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

14:39 / 22.05.2018 6151

Coscom’dan o‘g‘irlangan akkumulyator qaytarildi – IIV

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2018 yil 9 yanvardan 24 fevralgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs “Coscom” MChJga tegishli Soyliq qishlog‘ida joylashgan antenna minorasi hududiga temir setkasini oshib o‘tish yo‘li bilan kirib, umumiy qiymati 6 mln so‘mlik TS stansiyasining 4 dona akkumulyator batareyalarini o‘g‘irlab ketgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchi R.T. va “Salar” ShFYda yashovchi Sh.T. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.

Top