22:55 / 22.05.2018
29827
Dunyoning eng mashhur sportchilari e'lon qilindi: Ronaldu va Messi uchlikda
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ESPN talqiniga ko‘ra, qatorasiga uchinchi marta dunyoning eng mashhur sportchisi deb topildi. 

Reyting reklama shartnomalari, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘quvchilari va internetdagi qidiruvlar soni asosida tuzilgan.

Kuchli uchlikka «Klivlend» basketbolchisi Lebron Jyeyms va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi ham kirdi.

Top-10 dunyoning eng mashhur sportchilari:

1. Krishtianu Ronaldu («Real», futbol);
2. Lebron Jyeyms («Klivlend», basketbol);
3. Lionel Messi («Barselona», futbol);
4. Neymar («PSJ», futbol);
5. Rojyer Federer (tennis);
6. Tayger Vuds (golf);
7. Kevin Dyurent («Golden Steyt», basketbol);
8. Rafael Nadal (tennis);
9. Stefen Karri («Golden Steyt», basketbol);
10. Fil Mikelson (golf).

Reytingga futbolchilardan Garet Beyl (19-o‘rin), Mesut O‘zil (22), Xames Rodriges (23), Zlatan Ibrahimovich (25), Ueyn Runi (26), Andres Inesta (28) va Paulo Dibala (29) ham kirdi.

Top