21:30 / 22.05.2018
41908

F-35 samolyoti ilk bor jangda qo‘llandi

Foto: Reuters

Isroil 5-avloddagi F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlarini harbiy harakatlarda qo‘llagan ilk davlat bo‘ldi. Bu haqda Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

«Biz F-35 samolyotlarini hujum maqsadidagi harbiy harakatlarda qo‘llagan ilk davlat bo‘ldik», — degan Isroil harbiy-havo kuchlari bosh qo‘mondoni Amik Norkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat «ikki turli frontlar»da kuzatilgan. Norkin F-35 Lightning II samolyotlari bundan keyin Yaqin Sharqdagi amaliyotlarda doimiy ravishda ishtirok etishini qo‘shimcha qilgan.

Isroil AQShga 50ta F-35A Lightning II qiruvchi samolyotlari buyurtma qilgandi. 2016 yildan boshlab ushbu samolyotlar yetkazib berishi boshlangan.

F-35 Lightning II samolyoti F-22 Raptor’dan keyin beshinchi avlodga mansub ikkinchi seriyali qiruvchi hisoblanadi. F-35 ni yaratish bo‘yicha dastur AQShga qariyb 500 milliard dollarga tushgan. 

Mavzuga oid
Top